Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari yangi tashkil etilgan agentlikka rahbar boʻldi

12:51 19 Avgust 2021 Iqtisodiyot
860 0

Davlat rahbarining joriy yilning Qarori bilan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Laziz Shavkatovich Qudratov zimmasiga Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori vazifasi yuklatildi.

Agentlik 2021-yil 19-iyul kuni Prezidentning Farmoni bilan tashkil etilgan. Agentlik funksiyalariga tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini oʻrganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yoʻnalishlarini aniqlash, mamlakatda investitsiya muhitini va tashqi savdo faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish, mamlakatning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kiradi.

Shuningdek, Agentlik tomonidan xalqaro metodlardan foydalangan hamda muntazam soʻrovlar oʻtkazgan holda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini shakllantirish va doimiy yuritish hamda shu asosda davlat organlarining investitsiya muhitini yaxshilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni hal qilish boʻyicha faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер