“International Robotics Challenge 2020” xalqaro robototexnika musobaqasiga start berildi
Uzoq kutilgan va anʼanaga aylangan “International Robotics Challenge” (IRC-2020) musobaqasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Musobaqani Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktor oʻrinbosari Akbarxon Sobirxonov ochib berdi.
- Bu yil dunyo boʻylab pandemiya boʻlishiga qaramay musobaqa oʻz mohiyatini yoʻqotmagan holda onlayn tarzda oʻtkazishga muvaffaq boʻldik. Mazkur musobaqani mamlakatimizda raqamlashtirishni tezlashtirishga va tajribalarga ega boʻlishimizga sabab boʻldi, desak adashmaymiz, - dedi A.Sobirxonov.
Undan tashqari bugungi “International Robotics Challenge” (IRC-2020) Xalqaro robototexnika musobaqasi ochilish marosimi munosobati bilan Kanada davlat Cogmation Robotics kompaniyasi prezidenti hamda bosh direktori Larry G Schmidt hamda Janubiy Koreya Global Robot Cluster prezidenti Kim Chang-ho, Qozogʻiston respublikasi Robototexnika boʻyicha federatsiya prezidenti Ayjan Jakeyeva oʻz video tabriklarini yoʻllashdi.
Bugungi musobaqalarda 11 ta davlatdan 200 ga yaqin yoshlar (Janubiy Koreya, Gruziya, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Eron, Turkiya, Malayziya) ishtirok etmoqda.
Undan tashqari, Meksika, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Afgʻoniston davlatlarining ekspertlari soʻzga chiqdi va savol-javob sessiyasi boʻlib oʻtdi.
“International Robotics Challenge” (IRC-2020) Xalqaro robototexnika musobaqasi 3-8-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Musobaqa yoʻnalishlari:
LEGO platformasidagi virtual musobaqalar yakka ishtirokchi tartibida oʻtkaziladi. Musobaqalar LEGO kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Virtual Robotics Toolkit platformasida oʻtkaziladi.
Stairway from Heaven (8-12 yosh) – Virtual xaritadagi qora chiziqlar boʻylab eng qisqa vaqtda belgilangan masofani bosib oʻtish.
Chimney (13-16 yosh) – turli rangdagi jismlarni ajrata olish, koʻrsatilgan rangdagi jismni belgilangan joyga olib borish.
Creative yoʻnalishidagi musobaqalar Build the Future (8-14 va 14-30 yosh), da ishtirokchilar aniq vazifaga moslashtirilgan loyihalar bilan ishtirok etadi. Ishtirokchilar oʻzlari ishlab chiqqan loyihalarini ekspertlarga tanishtiradi va himoya qiladi.
Musobaqa haqida toʻliq maʼlumot olish uchun www.robochallenge.uz havolasiga oʻting. Musobaqalar davomidagi kunlik yangiliklar va maʼlumotlar www.robochallenge.uz manzili hamda musobaqaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida berib boriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring