“Inter Mayami“ qiyin gʻalabaga erishdi
Kecha, 22-mart kuni MLS Sharqiy konferensiyasining 5-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidagi oʻyinda “Inter Mayami“ jamoasi safarda “Nyu-York Siti“ ustidan irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Oʻyinda hisob uchinchi daqiqada “mayamiliklar“ himoyachisi Gonsalo Lujan tomonidan ochildi. 17-daqiqada Nikolas Fernandes hisobni tenglashtirdi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 59-daqiqasida Agustin Oyeda hisobni 2:1 koʻrinishiga olib keldi. Oradan 2 daqiqa oʻtib Lionel Messi hisobni tenglashtirdi. Taʼkidlash joizki, bu Messining professional faoliyatidagi 901-goli boʻldi.
74-daqiqada “Inter Mayami“ning braziliyalik himoyachisi Mixayl hisobni 3:2 koʻrinishiga keltirdi.
Shu tariqa oʻyin “Inter Mayami“ jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalaba evaziga jamoa turnir jadvalida toʻqqizinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring