Insult va yurak xastaliklari xavfini oshiradigan ichimliklar nomi maʼlum qilindi
Foto: Depositphotos
Oksford universiteti olimlari shakarli ichimliklarni tez-tez isteʼmol qilish yurak-qon tomir kasalliklari va insult xavfini oshirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari «BMC Medicine» jurnalida chop etildi.
Tadqiqot davomida olimlar 100 mingdan ortiq odamning ovqatlanish odatlarini baholashdi. Bu jarayonda salomatlik haqida maʼlumot toʻplandi va ishtirokchilarning 206 turdagi oziq-ovqat va 32 ichimlikdan uglevodlarni isteʼmol qilishini tahlil qilindi. Oʻrganilgan uglevodlar turlari shakarga boʻlingan. Ular keyinchalik erkin shakar, erkin boʻlmagan shakar va tolaga (kraxmalli boʻlmagan polisaxaridlar) ajratilgan. Shundan soʻng, 9-yildan ortiq davom etgan kuzatuv davri boshlandi.
Bu vaqt ichida deyarli 10 ming koʻngillida yurak xastaligi va insult aniqlangan. Qoʻshimcha tadqiqotlar va bir qator tuzatishlardan soʻng, olimlar uglevodlarni umumiy isteʼmol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfiga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi, degan xulosaga kelishdi. Shu bilan birga, gazlangan suvlar, meva sharbatlari va sutli kokteyllar kabi oziq-ovqatlarda erkin shakarni koʻpaytirish barcha yurak-qon tomir kasalliklari xavfining oshishiga olib kelgan.
Xususan, erkin shakarlardan olingan har besh foiz energiya (kaloriya) uchun insult xavfi 10 foizga, yurak xastaligi 6 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring