“Instagram” ijtimoiy tarmogʻida firibgarlar hisob maʼlumotlarini qoʻlga kiritishmoqda
Foto: Arxiv surat
“Vade” kiberxavfsizlik kompaniyasining xabar berishicha, firibgarlar “Instagram” ijtimoiy tarmogʻidagi akkauntlar maʼlumotlarini oʻgʻirlashning yangicha usulidan foydalanishmoqda.
Gap shundaki, firibgarlar “Instagram”ing parol tiklash boʻlimiga oʻtib, foydalanuvchining akkauntiga bir necha soʻrovlarni yuborishadi va elektron pochta manziliga “Sizning “Instagram” akkauntingizga kiberhujum boʻlmoqda. Akkauntingizni himoya qilish uchun ushbu havolaga oʻting” mazmunidagi zararli havolani yuboradi. Akkaunt egasi zararli havolaga oʻtishi bilan barcha shaxsiy maʼlumotlari firibgarlar qoʻliga oʻtadi.
Hurmatli fuqarolar internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan vaqtda shubhali havolalarga kirmasligingizni tavsiya qilamiz!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring