Insoniyat va tabiat oʻrtasida urush ketmoqda — BMT

17:57 06 Dekabr 2022 Dunyo
1306 0

Illyustrativ foto

“Bioxilma-xillik haqida gap ketganda, biz tabiat bilan urushdamiz. Biz u bilan tinchlik oʻrnatishimiz kerak, chunki tabiat Yerdagi hamma narsaga bogʻlangan”.

BMTning Atrof-muhit dasturi ijrochi direktori Inger Andersen sayyoramizdagi yovvoyi tabiatning xilma-xilligini saqlashga bagʻishlangan yirik konferensiya (COP15) arafasida shunday bayonot berdi. 

Andersen, shuningdek, dunyo aholisi sakkiz milliard kishiga yetganini taʼkidlab, bola tugʻilishini ajoyib voqea ekanini, biroq aholi soni koʻpaygani sayin sayyorada bosim kuchayib borayotganini qoʻshimcha qildi. 

Oldinroq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMTning iqlim boʻyicha konferensiyasida insoniyat toʻliq tezlikda “iqlim doʻzaxi”ga qarab ketayotganini aytib oʻtgan edi. U oqibatlar shunday boʻlishidan ogohlantirib, davlatlarni issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish boʻyicha qoʻshimcha harakatlar koʻrishi zarurligini taʼkidlagan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер