“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi rasmiy yopilish marosimi boʻlib oʻtdi
“Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi toʻrt kun davom etgan “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi oʻz nihoyasiga yetdi.
Haftalikning rasmiy yopilish marosimi “Alpomish” muz saroyida boʻlib oʻtdi. Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov kirish soʻzi bilan ochib, kelganlarni samimiy qutladi.
Tantanali yopilish marosimida haftalik doirasida faol ishtirok etgan xorijiy va mahalliy tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, oliy taʼlim muassasalari matbuot kotiblari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda oʻtkazilgan tadbirlardagi ishtiroki uchun “Eng faol oliy taʼlim muassasasi” nominatsiyasi hamda fan va innovatsiyalar boʻyicha turli tanlov gʻoliblari taqdirlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring