Indoneziyada bortida 280 kishi boʻlgan parom yonib ketdi. Qurbonlar bor (+video)

20:59 20 Iyul 2025 Dunyo
339 0

Indoneziya sohillari yaqinida bortida 280 kishi boʻlgan “KM Barcelon” paromida kuchli yongʻin sodir boʻldi. Bu haqida “NBC News” nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sodir boʻlgan yongʻindan omon qolish maqsadida paromdagi yoʻlovchilar suvga sakrashga majbur boʻlgan. Oqibatda 130 kishi bedarak yoʻqolgan. Dastlabki evakuatsiya ishlari uchun uchta kema hamda mahalliy baliqchilarning kemalari safarbar qilingan.

Mazkur fojia parom Talaud orolidan Shimoliy Sulavesi provinsiyasidagi Manado shahriga suzayotgan vaqtda sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida besh nafar inson halok boʻlgan.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, yuzdan ortiq insonlar qutqarilgan. Bedarak yoʻqolgan yoʻlovchilarni izlash ishlari jadal olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер