Importni kamaytirish hisobiga arzon va sifatli mahsulot tayyorlanmoqda
Saminjon HUSANOV“Xalq soʻzi”. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda avtomobilsozlik sanoati korxonalarining ham xizmati katta boʻlmoqda. Bu borada Andijon shahridagi “ADM Electronic” MCHJ jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.
— Hozirda “KIA” avtomobili uchun butlovchi ehtiyot qismlari ishlab chiqarmoqdamiz, — deydi korxona ishchisi Oybek Karimov. — Safimizdagi mavjud 300 nafar ishchilarning samarali mehnat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
2 gektar maydonni egallagan ushbu korxona 32 milliard soʻmlik loyiha asosida barpo etilgan. Bir yilda 200 ming dona ehtiyot qismlari ishlab chiqarish orqali import hajmini kamaytirib, ichki bozorni sifatli va arzon mahsulot bilan taʼminlab kelmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring