Imkoniyati cheklanganlar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratildi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun yangi qulayliklar yaratildi. Buning uchun sariq qoplamali yoʻlaklar va ovozli svetoforlar oʻrnatildi.
— Avvallari chorrahalardan kimningdir koʻmagida harakatlanishga majbur edim, — deydi Andijon shahrida yashovchi 1-guruh nogironi Zulayho Oripova. — Endi ovozli svetoforlar orqali oʻzim harakatlanmoqdaman. Qolaversa, koʻzi ojizlar kutubxonasiga sariq qoplamali yoʻlakdan yurib borish menga qulay.
Ayni paytgacha viloyat markazidagi asosiy koʻchalarga 34 ta ovozli svetoforlar joylashtirildi. Sariq qoplamali yoʻlaklar barpo etish ishlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring