Imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasida 4 milliard soʻmlik shartnomalar imzolandi
Foto: “Xalq soʻzi”
Surxondaryo viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va “Inklyuziv” taʼlim markazi hamkorligida “Imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar” savdo yarmarkasi boʻlib oʻtadi.
Unda viloyatning turli hududlaridan kelgan 13 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan fuqarolar oʻz mahsulotlari bilan qatnashdi.
Qayd etilishicha, ushbu ijtimoiy loyiha mualliflari nogironligi boʻlgan shaxslarning har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda oʻz biznesini boshlashda koʻmak berishni maqsad qilgan.
Yarmarkada hunarmandchilik buyumlarini hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratib berildi. Savdo yakunida 56 million soʻmlik mahsulotlar sotildi hamda 4 milliard soʻmlik shartnomalar imzolandi.
Maʼlumot oʻrnida, hozirda Surxondaryo viloyatida mavjud 724 mahallalarning barchasida ijtimoiy xodimlar oʻz ish faoliyatini mahalla boshqaruvidagi yettinchi vakil sifatida boshladi. Vohada Respublikada birinchi boʻlib Uzun tumanida “Ijtimoiy xizmatlar markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring