Imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oromgohda dam oldirildi

21:23 19 Iyun 2022 Jamiyat
737 0

Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishi uchun, maktabgacha taʼlim tizimidanoq samarali ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda “Imkon” koʻp tarmoqli reabilitatsiya markazlari Nukus shahri (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va Toshkent viloyatining Qibray tumanida faoliyat koʻrsatmoqda.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markazi tarbiyalanuvchilari ega boʻlgan koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 150 nafar bolaga moʻljallangan boʻlib, bugungi kunda u yerda nutqida, eshitishida, koʻrishida, psixik rivojlanishda kechikayotgan, aqli zaif, tayanch harakatida nuqsoni boʻlgan bolalarda taʼlim-tarbiya ishlari olib borilmoqda.

Yaqinda ushbu “Imkon” koʻp tarmoqli reabilitatsiya markazida tarbiyalanayotgan 120 nafar imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasiga qarashli “Qibray” bolalar dam olish oromgohida kun davomida dam oldirilib, xushmanzara tabiat qoʻyniga sayr qildirildi.

Shuningdek, bolajonlar uchun Temiryoʻlchilar madaniyat saroyi sanʼatkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер