Ilon Mask Twitter xodimlarini qisqartirmoqda

12:37 08 Yanvar 2023 Dunyo
1023 0

Foto: Illustrativ surat

Amerikalik biznesmen Ilon Mask boshchiligidagi Twitter xodimlarini qisqartirishda davom etmoqda. Bu haqda Bloomberg maʼlum qildi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ishdan boʻshatishning yangi toʻlqini kompaniyaning Dublin va Singapurdagi ofislari xodimlariga taʼsir koʻrsatdi. Qayd etilishicha, 6-yanvar, juma kuni kamida 12 kishi ishdan boʻshatilgan. Shu bilan birga, qisqartirishlar notoʻgʻri maʼlumotlarga qarshi kurash boʻlimi xodimlariga taʼsir koʻrsatdi.

Oktyabr oyi oxirida Mask Twitterni sotib olish boʻyicha 44 milliard dollarlik kelishuvni yakunladi. Oradan koʻp oʻtmay, tadbirkor kompaniya xodimlarining deyarli yarmini ishdan boʻshatishga ulgurdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер