“Ilk parvoz” loyihasi sirdaryolik 15 nafar ayol orzusini roʻyobga chiqardi
Foto: Xalq so‘zi
Sirdaryo viloyatida “Ayollar daftari”ga kiritilgan, kam taʼminlangan xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini oʻrganish asnosida “Samolyotda uchganmisiz?” degan noodatiy savol ham berildi. Soʻrovda ishtirok etganlarning 15 nafari esa buni orzu qilishini yashirmadi. Eʼtiborlisi, shundan soʻng “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Ilk parvoz” loyihasi doirasida ular uchun Termiz shahriga bepul sayohat tashkil etildi.
Maʼlum qilinishicha, “Ayollar daftari”dagi opa-singillarimiz uchun teatr va konsert tomoshalari ham tashkil etib borilmoqda. Shuningdek, ijara kompensatsiyasi, jarrohlik amaliyoti uchun yordam toʻlovlari amalga oshirilayotir.
A. ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring