Ilgʻor innovatsion uslublar ommalashtirilmoqda
Andijon tumanida “Ilgʻor tajribalar va innovatsion texnologiyalarni qoʻllash orqali mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish” mavzusida respublika koʻrgazmali seminari boʻlib oʻtdi. Unda Andijon tumanining Oyjamol massivida joylashgan don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutida olib borilayotgan ishlar atroflicha oʻrganildi.
-Anjuman davomida boshoqli don, moyli, ozuqa va noanʼanaviy ekinlarni parvarishlashning innovatsion uslublari orqali yuqori va oliy navli hosil olish borasida olib borilayotgan ishlar va yutuqlar muhokama etildi,-deydi seminar ishtirokchisi Sanjar Ahmedov. –Andijon tumanida qoʻllanilayotgan tajribani respublikamiz miqyosida ommalashtirish qishloq xoʻjaligi taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Aytish joiz, bugungi kunda ushbu ilmiy-tadqiqot institutining 35 gektar maydonida bugʻdoy seleksiyasi boʻyicha 20 mingdan ortiq boshoqli don navlari namunalari hamda duragaylari ustida ish olib borilmoqda.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring