Ilgʻor innovatsion gʻoya va loyihalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha fikr almashildi

13:10 14 Noyabr 2023 Jamiyat
243 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Andijon mashinasozlik institutida “Axborot oqimlari va intellektual tizimlarning ijtimoiy, iqtisodisy va texnik-texnologik tarmoqlardagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Rossiya, Xitoy, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Qirgʻiziston kabi mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, talabalar hamda mustaqil izlanuvchi mutaxassislar ishtirokidagi ushbu tadbirda oʻzbekistonlik olimlarning ham maʼruzalari tinglandi.

— Jumladan, hamkasblarimiz tomonidan “Yangi Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirishda sifatli taʼlim va raqamli texnologiyalarning roli”, “Texnik oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining ijodkorligini oshirish va oʻquv jarayonlarida yangi zamonaviy oʻquv innovatsion uslublarni joriy yetish” kabi mavzulardagi izlanishlari atroflicha oʻrganildi, – deydi institut kafedra mudiri Saida Atajonova. –Anjuman nafaqat, mintaqadagi, balki, jahondagi eng dolzarb masalalar yuzasidan ishlar samaradorligini oshirish, ilgʻor innovatsion gʻoya va loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, namunali tajriba va ish uslublarini ommalashtirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirilganligi bilan ahamiyatga ega.

Anjuman davomida oʻqitish, sunʼiy intellekt, ishlab chiqarish va taʼlim integratsiyasi, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari muammolari, yechimlari muhokama qilinib, qator dolzarb masalalar boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

Umidjon MAMARASULOV,

jurnalist.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер