Ikkita “Cobalt”ni daraxt bosib qoldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida kuchli shamol oqibatida mashinalarni daraxt bosib qolganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Holatga tuman hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Unga koʻra, Ikkita “Cobalt” rusumli mashinani kuchli shamol natijasida sinib ketgan daraxt bosib qolgan. Hodisa joyida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ish olib borishmoqda.
“Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, oʻzingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlash joiz, favqulodda vaziyatlar yuz berganida 1050 va 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 raqamlariga qoʻngʻiroq qilish zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring