Ikkinchi Jahon urushining Sirdaryodagi soʻnggi qatnashchisi vafot etdi

14:54 14 May 2025 Jamiyat
176 0

Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Oʻskan Hojimanov olamdan oʻtdi. U Sirdaryo viloyatida hayot boʻlgan yagona urush qatnashchisi edi. Boyovut tumanining Usmon Yusupov mahallasida yashagan Oʻskan bobo 1943-yilda frontga otlanib, Moskva ostonalaridan Kyonigsberg shahrini ozod qilishgacha boʻlgan janggohlarni bosib oʻtdi. Oder daryosini kechib oʻtishda mardlik namunasini koʻrsatdi. Urushning oxiri koʻrinib qolganda yaralandi. Yaroslavl oblastining Ribinsk gospitalida bir yarim yil davolandi. 1950-yilda ona yurtiga qaytib, uzoq yillar haydovchilik qildi. Otaxonning jasorati aslo unutilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер