Ikki kunda 12 mingdan ortiq xonadonning qish mavsumida bir oylik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

16:47 24 Dekabr 2022 Jamiyat
456 0

Joriy yil 21-22-dekabr kunlari Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida hududlarda 3 ta holatda avtomobillarga gaz to‘ldirish kopressor shoxobchalarida (AGTKSh) 7,3 mlrd so‘mlik bo‘lgan 7,3 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Jumladan:

➖Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida joylashgan “GAZXIZMATTA’MIHOT” korxonasi tomonidan gaz hisoblash uskunasiing o‘lchov tarmog‘iga tashqi ta’sir ko‘rsatgan holda 2,9 mlrd so‘mlik;

➖G‘uzor tumanida joylashgan “TAZIB” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga va o‘rnatilgan muhrlarga tashqi ta’sir ko‘rsatigan holda 3,5 mlrd so‘mlik;

➖Toshkent shahar, Yangi Hayot tumanida joylashgan “ENEREGO MASHTRANS IMPEX” MChJ tomonidan o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘i kirish zulfiniga o‘rnatilgan bir marotabalik tamg‘ani buzgan holda 921 mln so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy foydalanilganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер