Ikki kun ichida Afgʻonistonda ikki nafar jurnalist oʻldirildi
Fotо: Getty Images
Afgʻonistonning “ARIANA News” telekanali boshlovchisi Fardin Amini sirli ravishda hayotdan koʻz yumdi.
“TOLO News” xabariga koʻra, jurnalist nomaʼlum kimsalar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida vafot etgan. Kobul politsiyasi ham Aminining oʻlimini tasdiqladi. Ammo voqea tafsilotlariga haqida maʼlumot bermagan.
Bir kun oldin Afgʻonistonning “Enikass TV” telekanali jurnalisti va teleboshlovchisi Malala Mayvand hayotdan koʻz yumgan edi. Malala va uning haydovchisi Afgʻoniston sharqidagi Nangarxar viloyatida sodir etilgan qurolli hujum payti oʻldirilgan. Hujum nomaʼlum shaxslar tomonidan amalga oshirgan.
Yil boshidan buyon 30 mamlakatda kamida 80 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻldirilgan. Bu esa oʻtgan yilga nisbatan 10 foizga koʻpdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring