Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining matbuot kotibi tayinlandi
Jangirov Joʻrabek Qarshiyevich Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash boʻlimi boshligʻi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
J.Jangirov “Maʼrifat” hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetalarida, Yozuvchilar uyushmasida, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turli lavozimlarda, shuningdek, Matbuot va axborot agentligida matbuot kotibi – axborot xizmati rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring