IIO xodimlarining xizmat muddati uzaytirilgani haqidagi xabar rad etildi
Foto: IIV
Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddati 25-yilgacha uzaytirilishi mumkinligi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. raddiya berdi Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, amaldagi “Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonun hamda prezidentning 3413-sonli qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20-yilga yetganidan soʻng oʻtagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlishi koʻrsatib oʻtilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring