III Global tadbirkorlik haftaligi davom etmoqda

18:35 20 Noyabr 2019 Jamiyat
911 0

Tadbirkorlar, moliyaviy institutlar, investorlar, biznes uyushmalari, talabalar va boshqalar III Global tadbirkorlik haftaligida jam boʻldi.

Ushbu haftalik – butun dunyodagi tadbirkorlar uchun xalqaro tajriba almashish, yangi gʻoyalar yaratish imkonini beruvchi, 160 ta mamlakatni birlashtiruvchi global voqea sanaladi. Yurtimizda oʻtkazilayotgan haftalik Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi, Xalqaro Biznes va Texnologiyalar Assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Ground Zero tashkiloti bilan birgalikda tashkil etilgan.

Anjuman doirasida mahalliy va xorijiy maʼruzachilar va ishbilarmonlar treninglar, maʼruzalar, b2 uchrashuvlar, taqdimotlar va boshqalar oʻtkazmoqda. Global tadbirkorlik haftaligi boshlangʻich taʼlim va martaba, moliya, ayollar tadbirkorligi, biznesni kengaytirish va oʻsish, sayyohlik, marketing, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi koʻplab sohalarni qamrab oladi.

Haftalik 24-noyabrgacha davom etadi.

Yulduz OʻRMONOVA,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер