IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qoʻlga olindi
Illyustrativ foto
Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruv eʼlon qilingan shaxs Navoiy viloyatida qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumani “Zarangari” mahallasida roʻyxatda turuvchi T.Y. ismli fuqaro muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng unga nisbatan tuman IIB qidiruv eʼlon qilgan.
Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida T.Yu. Navoiy viloyati Karmana tumanidagi manzillardan birida yashiringani aniqlanib, qoʻlga olingan.
Manbaga koʻra, mazkur shaxs hozirda tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring