IHTga aʼzo mamlakatlar Osiyo va Yevropa oʻrtasida xalqaro multimodal transport yoʻlagini shakllantirish yuzasidan kelishib oldi
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar transport vazirlarining 12-yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya transport sohasidagi manfaatdor vazirliklarining Osiyo va Yevropa oʻrtasida “Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” xalqaro multimodal yoʻlagini shakllantirish boʻyicha koʻp tomonlama uchrashuvi Bayonnomasi imzolandi.
Imzolangan Bayonnomada quyidagi maqsadlar koʻzda tutilgan:
— Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarigacha Oʻzbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya hududlari orqali yuk tashishlarni tashkil etish;
— raqobatbardosh tarif stavkalarini qoʻllash va Oʻzbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya temir yoʻllarida yuk tashish uchun qulay sharoitlar yaratish;
— yoʻnalish boʻylab yuk tashishlarni tashkil etishda normativ-huquqiy va texnik standartlarni birxillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish;
— yoʻlak ishtirokchi-davlatlari oʻrtasida transport sohasidagi bogʻliqlikni oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi orqali oʻtuvchi muqobil xalqaro transport yoʻlaklarini shakllantirish boʻyicha tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining jahon transport-logistika tarmoqlariga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish va tranzit salohiyatini oshirish boʻyicha “Oʻzbekiston – 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring