IGTV — Instagram endi videoblogga aylanadi

12:18 21 Iyun 2018 Dunyo
1633 0
Foto: The Verge

20 iyundan “Instagram” tarmog‘i bir soatgacha davom etadigan videolarni joylash funksiyasini joriy etdi. Bu haqda The Verge nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning yangi funksiyasi IGTV nomini oladi. Yangilanishlardan so‘ng asosan suratlar joylashtirishga asoslangan bu ijtimoiy tarmoq to‘laqonli videoblogga aylanadi.

Videoni smartfon kamerasini vertikal tutgan holatda olish mumkin, ilova esa rolikni katta ekran tartibida ko‘rsatadi, shuningdek, 4K formatini ham qo‘llaydi.

Tarmoq rahbari Kevin Sistromning qayd qilishicha, hozircha joylashtirilgan videolarda boshqa videoxostinglarda bo‘lgani kabi hech qanday reklamalar bo‘lmaydi. Ammo u, kelgusida vaziyat o‘zgarishi mumkinligiga ham ishora qilgan.

Sistromning taqdimotdagi bayonotiga ko‘ra, kelgusida foydalanuvchilar vaqti cheklanmagan miqdorda videolarni joylashtirish ustida ham ish olib borilmoqda. Ya’ni ijtimoiy tarmoq to‘laqonli videoblog sifatida faoliyatini davom ettirishni rejalashtirgan. Taniqli videoblogerlar o‘z roliklarini namoyish etishlari uchun Instagram‘ga taklif etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер