Ichki turizmni ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar uchun arizalar qabul qilinmoqda
Turizm va sport vazirligi tomonidan ichki turizmni ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar miqdori tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Unga koʻra, sayohat tashkilotchilarining subsidiya olish uchun arizalarni topshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 100-son qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom»ga muvofiq tartibga solinadi.
Sayohat tashkilotchisi subsidiya olish maqsadida Turizm va sport vazirligiga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankidagi hisob raqami rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) avia va temir yoʻl chiptalari uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (shartnoma, hisob-fakturalar, shuningdek shartnomaga ilova tariqasi turistlarning pasport maʼlumotlari toʻgʻrisidagi roʻyxat) Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga muvofiq);
v) sayohat tashkilotchilari tomonidan joylashtirish vositalarida mahalliy turistlarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (elektron hisob varaq-faktura, kassa yoki terminal apparat cheklari, bank toʻlov hujjatlari shartnomaga ilova tariqasi turistlarning pasport maʼlumotlari toʻgʻrisidagi) nusxalari (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga muvofiq);
g) turistik vaucherlarning nusxalari (Oʻzbekiston Respublikasi “Turizm toʻgʻrisida”gi OʻRQ-549-sonli qonunining 3-moddasiga asosan, sayyohning tur tarkibiga kiruvchi xizmatlarga boʻlgan huquqini belgilovchi va ularning haqi toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek mazkur qonunning 26-moddasiga koʻra Turoperator va (yoki) turagent va turistik mahsulot buyurtmachisi shartnomada turistik mahsulotdan foydalanish shartlarini, jumladan sayohatning dasturini, sayohatning yoʻnalishi va shart-sharoitlarini, joylashtirish vositalari, yashash va ovqatlanish sharoitlari, turistni va ekskursantni vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) tashish boʻyicha xizmatlar, ekskursiya yetakchisi, gid (gid-tarjimon), yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi mavjudligi, qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keltirilishi lozim).
Vazirlik matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, mart-aprel oylari xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi arizalar may oyining 15-sanasiga qadar qabul qilinadiyu
Oʻz navbatida, Nizom talablaridan kelib chiqib, kelgusi oylarining xarajatlarni qoplanishi toʻgʻrisidagi arizalari keyingi oyning 15-sanasigacha qabul qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring