Ichki bozorga yangi turdagi maʼdanli suv taqdim etildi
Piskent tumanining “Doʻstlik” MFY hududida tadbirkor Jamshid Achilov rahbarligidagi “WOODLANDS” MCHJ maʼdanli suv qadoqlash korxonasi ish boshladi. Ushbu loyiha 1 milliard 250 million soʻm sarmoya kiritish evaziga amalga oshirildi.
—170 metr chuqurlikdan olinayotgan zilol suv uch bosqichda tozalanib, isteʼmol uchun foydali minerallar bilan boyitilmoqda, — deydi korxona ish yurituvchisi Sarvar Toshniyozov. —Hozir bu yerda kuniga 14 ming dona mineral suv qadoqlanmoqda.
Qishloq joylarida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini ish bilan taʼminlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan nol qiymatda ajratilgan ushbu bino-inshootda “Doʻstlik” qishlogʻida istiqomat qilayotgan 8 nafar yoshlar ish bilan taʼminlandi.
“WOODLANDS” korxonasi yaqinda toʻliq quvvat bilan ishga tushirilgach, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki barobarga koʻpayib, yangi ish oʻrinlari soni yana 10 taga ortadi.
Shodiyor MUTAHAROV,
(“Xalq soʻzi”).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring