Hujjatlar yangi nomda qabul qilindi

18:54 05 May 2020 Jamiyat
878 0

Illyustrativ foto

Joriy yilning 23-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “III va IV darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi, “Sogʻlom avlod uchun” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida” gi qonun loyihalari koʻrib chiqilib, qabul qilingan edi.

Kecha boʻlib oʻtgan majlisda mazkur qonun loyihalari “Salomatlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisidagi”, “Sogʻlom turmush” medalini taʼsis etish toʻgʻrisidagi”,degan yangi nomlar bilan qabul qilindi.

“Salomatlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi. Ushbu orden bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin. “Salomatlik” ordeni ikki darajadan iborat.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, I darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari, II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi. Shuningdek, mazkur ordenlar bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlardan ham foydalanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер