Hujumdan keyin Kapitoliyni taʼmirlash uchun 30 mln dollar ajratildi

18:56 25 Fevral 2021 Dunyo
964 0

Joriy yilning 6-yanvaridagi hujumdan keyin Kapitoliyni taʼmirlash uchun 30 million dollar kerak boʻlmoqda. Ushbu xarajat Kapitoliyning arxitektori Bret Blenton tomonidan hisoblab chiqildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

AQSH Vakillar palatasining mablagʻ ajratish boʻyicha qoʻmitasida binoga yetkazilgan zararni qayta taʼmirlash boʻyicha maxsus yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda Blenton Kapitoliyni tiklash uchun qoʻmita allaqachon 30 million dollar ajratganligini aytdi.

Biroq, uning soʻzlariga koʻra, ajratilgan mablagʻ kamlik qilishi mumkin. Blentonning aytishicha, bino ichidagi tartibsizliklar paytida deraza va eshiklar singan, oʻt oʻchirish vositalari orqali purkalgan zararli kimyoviy moddalar qadimiy haykallar, devoriy rasmlarga zarar yetkazgan. Meʼmor qimmatbaho sanʼat asarlarini tiklash uchun professional tozalash vositalari va konservatsiya zarurligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер