Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasini tartibga soluvchi yagona hujjat yaratiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqishmoqda.
Taʼkidlanganidek, mazkur qonun loyihasi bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlari tizimlashtirilib, sohani tartibga soluvchi yagona hujjat yaratiladi.
Bundan tashqari, loyihadagi normalar bilan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olish huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash oʻrniga, uning jamiyatga moslashuvini taʼminlovchi zamonaviy mexanizm amaliyotga joriy etiladi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik kuchayadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring