Hunari borning daromadi bor
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida mebel ishlab chiqarish hajmi soʻnggi 10 yilda 15 baravarga ortdi. Natijada, bir yilda oʻrtacha 300 milliard soʻmlik mahsulot tayyorlash imkoni yaratildi.
— Xonadonimda 15 nafar ishchilar bilan oʻnlab turdagi mebel mahsulotlarini ishlab chiqaryapmiz, — deydi Andijon shahrida faoliyat yurituvchi hunarmand Nizomjon Haydarov. — Bir oyda 30 ta jamlanma tayyorlaymiz. Qoʻshni davlatlardan ham doimiy xaridorlarimiz mavjud. Talab va ehtiyojdan kelib chiqib faoliyatni yanada kengaytirmoqchimiz. Buning uchun mahalliy hokimlik tomonidan alohida yer maydoni ajratildi. Tez orada ishlab chiqarish korxonasini barpo etib, yangi ish oʻrni yaratish harakatidamiz.

Ayni paytda viloyatda 377 ta mebelsozlik korxonalari mavjud. Ular tomonidan soʻnggi besh yilda 35 million dollarlik 84 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring