Hunari bilan baxt topayotganlar

11:18 14 Avgust 2020 Jamiyat
734 0

Oʻzbek xalqi azaldan kasb-hunarning ortidan halol mehnat qilib, roʻzgʻorini butlagan, oʻzidan ortinib oʻzgalarga ilingan. Bugungi kunda ham hunarmandchilik tufayli mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotiga hissa qoʻshayotganlar koʻpchilikni tashkil qiladi. Birgina Xonobod shahrining oʻzida ular 73 nafarni tashkil etmoqda.

— Oila aʼzolarimiz bilan mebel ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganmiz,-deydi hunarmand Akromjon Nabiyev. — Mahsulotimizga xaridorlar soni ortib bormoqda. Bu esa yana ikki nafar ish oʻrni yaratishimizga sabab boʻldi.

Shaharda hunarmandlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash borasida joriy yilning shu davriga qadar 783 million soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi. Natijada 60 ta yangi ish oʻrni vujudga keldi. Eng muhimi, yangi mahsulotlar oʻzlashtirilib, ishlab chiqarish koʻlami ortdi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер