“Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlari integratsiyalashtiriladi

14:51 23 Iyun 2020 Iqtisodiyot
1510 0

“Oʻzbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Jumladan:

aholi uchun isteʼmol kreditlari ajratish tartibi yana-da soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;

barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;

“Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlarini integratsiyalashtiriladi;

“QR” kod orqali amalga oshiriladigan toʻlovlarning ommabopligi oshiriladi va koʻlami kengaytiriladi;

moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер