Hududiy saylov komissiyasida brifing oʻtkazildi

14:45 25 Oktyabr 2024 Jamiyat
226 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasida navbatdagi brifing boʻlib oʻtdi. Unda maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha 7 ta saylov okrugi tashkil etilgan boʻlib, 5 ta siyosiy partiyalardan 35 nafar deputatlikka nomzodlar roʻyxatga olindi.

— Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi saylov okruglari ham tuzilib, 275 nafar deputatlikka nomzodlar roʻyxatga olindi, — deydi hududiy saylov komissiyasi raisi Baxtiyorjon Rasulov. — Tuman-shahar Kengashlari deputatligiga saylov oʻtkazuvchi 395 ta saylov okruglarida ham saylovni koʻngildagidek oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Ushbu hududlardan 1975 nafar nomzodlar roʻyxati tasdiqlangan, saylovchilar ular haqida yetarli maʼlumotga ega boʻldi.

Brifingda qayd etilganidek, viloyatda tashkil etilgan 938 ta saylov uchastkalari saylovga shay holatga keltirildi. Buning natijasida shu kungacha 36 ming 486 nafar saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер