Hududga noqonuniy oʻrnatilgan toʻrlar olib tashlandi hamda toʻrga tushgan qushlar qoʻyib yuborildi
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Boʻstonliq tumani boʻlimi hamda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida tumanning Qoramanas MFY hududida fuqaro I.R. ov qilish qoidalarini buzgan holatda sayroqi qushlarni ovlayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunning 17-moddasi talablarini buzganligi uchun huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. I.R. bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 million 300 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.
Shuningdek, hududga noqonuniy oʻrnatilgan toʻrlar olib tashlandi hamda toʻrga tushgan qushlar qoʻyib yuborildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring