Huawei bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

13:32 04 Oktyabr 2023 Jamiyat
311 0

Soliq qoʻmitasida “Huawei Tech Investment Tashkent” MCHJ delegatsiyasi va qoʻmita mutaxassislari uchrashuvi tashkil etildi.

Unda mehmonlar tomonidan iqtisodiyotni raqamlashtirish boʻyicha loyihalar va AKT sohasida mahalliy hamda xalqaro darajada olib borilayotgan hamkorliklar boʻyicha taqdimot qilindi.

Shundan soʻng, AKTdan keng foydalanishda kompaniya va Soliq qoʻmitasi oʻrtasida istiqbolli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida kelgusida sohaga Big Data va sunʼiy intellekt texnologiyalarni qoʻllash, kadrlar salohiyatini oshirish, soliq toʻlovchilar uchun yangi innovatsion xizmatlarni joriy qilish yuzasidan muzokaralar olib borishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер