“Hovlingizda pista chaqib, po‘chog‘ini har tomonga tuflasak, indamaysizmi?”

12:00 14 Oktyabr 2021 Jamiyat
607 0

To‘ng‘ich nabiram Gulistondagi Xotira maydonida rasm chizayotgan palla aftidan oltmishlardan oshgan kishi nabiralari bilan yondosh  o‘rindiqda pista chaqib, po‘chog‘ini atrofga tuflayotganini ko‘rib qolgan. Bir zumda chiroyli qoplamali, sarishta sahn yuzi po‘choqlar bilan to‘lgan.

“Uyimiz ostonasidan narida biz uchun, xalq uchun qurilgan, yaratilgan neki bor, ular ham o‘zimiznikidek gap. Shuning uchun  u joylarga ham uyimiz kabi  “o‘zimizniki, o‘zimniki” degan munosabatda bo‘lish kerak. Kimdir yo‘l bo‘ylab ekilgan rayhon yo gulni uzsa, yo maysalar ustidan yurib payhon qilsa,  pista chaqib ifloslantirsa, bu ishlari yaxshi emasligini eslatish xayrli”, degan so‘zlarim yodiga tushgan nabiram o‘sha kishining oldiga boradi. Salom berib, pista po‘choqlarini yerga tashlash joiz emasligini aytadi.

Odamlar ham turfa feʼl-da. Mushtdekkina qizchaning go‘yoki “aql o‘rgatishi”dan og‘ringan otaxon uni jerkib tashlaydi.

Lekin nabiram ham bo‘sh kelmagan:

- U holda aytingchi, hozir o‘rtoqlarim bilan siznikiga mehmonga boramiz. Axir mehmon kelsa, “Ket!”deyilmaydi-ku, to‘g‘rimi?  Biz hovlingizda pista chaqib, po‘chog‘ini har tomonga tuflasak, indamaysizmi?

-  ...

Vassalom!

                                                    

 Ahmadali ShERNAZAROV.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер