Homilador ayol sunʼiy intellekt xatosi tufayli hibsga olindi
Foto: Illustrativ foto
Xabarlarga koʻra, AQSHning Detroyt shahrida 8 oylik homilasi boʻlgan Portia Vudraff oʻgʻirlik va avtomashinalarni olib qochish jinoyatlarida ayblanib hibsga olingan. Ayolni hibsga olish sunʼiy intellekt texnologiyasi asosida ishlovchi yuzni avtomatik aniqlash tizimidagi “xatolik” sababli yuz bergan.
Portia Vudraff sodir etmagan jinoyati yuzasidan 11 soatlik hibsdan soʻng, 100 ming AQSH dollar toʻlash majburiyati bilan ozod qilingan. Keyinchalik Ueyn okrugi prokurori Vudraffga qoʻyilgan ayblovlarni asossizligini isbotlab, bekor qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring