Hokimlar qancha oilaga kredit ajratishni oʻzlari hal qiladi — Prezident yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli kredit berish haqida
Poytaxtimizda Prezidentimiz raisligidagi videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
Yigʻilishda yakka tartibda uylar qurish boʻyicha bajariladigan vazifalar koʻrib chiqildi. Xususan, oʻtgan yilgi Andijon tajribasidan kelib chiqib, fuqarolarga yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda, kredit bir yillik imtiyozli davr bilan 20 yilga ajratilib (oʻrtacha 240 million soʻm), ehtiyojmand aholi uchun foizning bir qismi subsidiya sifatida toʻlab beriladi.
“Bu tizim asosida kreditlar joriy yilda har bir viloyatda kamida 500 tadan xonadonga ajratiladi. Viloyat hokimlari joylardagi ahvoldan kelib chiqib, qaysi tumanda qancha oilaga bunday kreditlarni ajratishni oʻzlari hal qiladi”, dedi davlatimiz rahbari.
Qurilayotgan uylarning sifatiga alohida eʼtibor berish zarurligi aytildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring