Hokimlar oʻzini qiynamaydi – Prezident
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-fevral kuni “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Unga koʻra, endi Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlik va tarmoq rahbarlari, hokimlar va sektor boshliqlari dastur ijrosini tuman va mahallaga tushib tashkil etishi, resurslardan oqilona foydalanib, tartib-intizom bilan qattiq mehnat qilishi talab etiladi.
– Rahbar koʻp, masʼullar koʻp, lekin xalqning dardi bilan shugʻullanadigan odam yoʻq. Hamma qarorlarni bajarsa boʻladi. Eng katta kamchilik – nazorat yoʻq, vazirlar, hokimlar oʻzini qiynamaydi, – dedi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring