Hokim yoshlar muammolariga befarq emas

11:17 24 Sentyabr 2019 Jamiyat
1416 0

Yoshlar ittifoqi Romitan tuman kengashi hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan 20 dan ortiq muammolar oʻrtaga tashlanib, ularning 5 tasi oʻz oʻrnida yechimini topdi. Qolganlari esa roʻyxatga olinib, ularga masʼullar va bajarish muddatlari tayinlandi.

Tuman hokimi X. Toxirov hozirgi kunda yoshlarimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar, taʼlim olish va kasb-hunar egallashdagi qulayliklar, taʼlim muassasalari qurilishi va moddiy-texnik bazasini boyitish borasida boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlar haqida toʻxtalib, bu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yoshlarning chuqur bilim olishi, fanlarni puxta oʻzlashtirishi, kasb-hunar sirlarini mukammal oʻrganishi, yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlardan foydalanib manfaatli loyihalarni amaliyotga joriy qilishi lozimligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер