Hokim tadbirkor va tashabbuskor yoshlar bilan muloqot oʻtkazdi

11:09 20 Fevral 2025 Jamiyat
198 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Termiz shahridagi Yoshlar markazida vohaning tadbirkor va tashabbuskor yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda mamlakat ertasi egalari kamoloti yoʻlida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimiz rahbari yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan uchta muhim hujjatga imzo chekkani alohida taʼkidlanib, ularning mazmun-mohiyati xususida keng tushunchalar berildi. Bu hujjatlar vohada yana yuzlab tashabbuskor va izlanuvchan yoshlarni oldinga boshlashi aytildi.

— Prezidentimiz joriy yil 14-fevral kuni mamlakatimiz yoshlari bilan oʻtkazgan muloqotida yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlarini belgilab berdi, — deydi Surxondaryo viloyati hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Murodbek Davlatov. — Xususan, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, ular bilan uchrashuvlar oʻtkazish yuzasidan viloyat hokimlariga vazifalar topshirildi. Mazkur uchrashuv ushbu vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

Viloyat rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning yangi tashabbus va takliflari taqdimoti bilan tanishdi hamda murojaatlarini tingladi. Mutasaddilarga har bir taklif va tashabbusni qoʻllab-quvvatlash, muammoli masalalarni hal etish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishga yaqindan koʻmak koʻrsatish vazifalari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер