Hokim murojaatida keltirilgan masalalar deputatlar tomonidan maʼqullandimi?
Ayni kunlarda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalari oʻtkazilib, hokimlar oʻz hududlari aholisiga murojaat yoʻllamoqda. Shu munosabat bilan hududlarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olinayotir.
Taxtakoʻpir tumani hokimi Jambul Adilov murojaatida 2021-yilda belgilab olingan dastur va yoʻl xaritalari asosida hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga atroflicha toʻxtaldi.
Xususan, hisobot yili davomida sanoat korxonalari tomonidan 207,2 mlrd. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, oʻtgan yilga nisbatan 102,3 foizga, xizmat koʻrsatish sohasida 127,7 foizga oʻsish borligi, yil yakunida bir mln. 154 ming dollarlik investitsiyalar jalb etilishi aytildi.
Murojaatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududni rivojlantirish hamda kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishiga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Sessiyada hududni 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar ham tahlil qilindi. Xususan,
Sessiyada kommunikatsiya, yoʻl qurilishi, kam taʼminlagan oilalar turmush sharoitini yaxshilash, joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Har bir oila – tadbirkor” tamoyili asosida ishlab chiqarish va oilaviy biznesni yoʻlga qoʻyish borasidagi rejalar va boshqa hokim murojaatida keltirilgan masalalar deputatlar muhokamasiga qoʻyildi.
Murojaatda keltirilgan masalalar muhokamadan soʻng deputatlar tomonidan ovoz berish yoʻli bilan maʼqullandi.
Gʻayrat Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring