Hokim fermerga toʻn kiydirdi

23:13 09 Iyun 2021 Jamiyat
809 0

2021-yil hosili uchun Bagʻdod tumanida tashkil etilgan “Bagʻdod qishloq xoʻjaligi texnika MMTP” MCHJ gʻallachilik klasteri tomonidan 7 ming 860 gektar yerda gʻalla parvarishlanib, sifatli va moʻl hosil yetishtirildi.

Gʻalla mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida 26 ta oʻrim-yigʻim otryadi tashkil etildi va 30 ga yaqin yuqori unumli kombaynlarda elimizning rizq-nasibasi yigʻib olinyapti. Bu yil oʻnlab bagʻdodlik fermerlar har gektar yerdan 85, 100 sentnergacha hosil olishni maqsad qilishgan.

Markaziy Fargʻonaning dehqonchilik qilish uchun noqulay choʻl hududida joylashgan Soyibjon Meliyev boshchiligidagi “Majnuntol ifori” fermer xoʻjaligi aʼzolari 44,4 gektar yerda parvarishlangan gʻalla maydonidan qisqa ish kunida 120 tonnadan ziyod qirmizi don olib, tumanda birinchi boʻlib shartnoma rejasini bajarishga muvaffaq boʻldi. Hosildorlik ogʻir choʻl sharoitida oʻrtacha 65 sentnerni tashkil etmoqda.

Bagʻdod tuman hokimi Vosiljon Nazarov fermer xoʻjaligi dalasida boʻlib, fermerni ulkan yutuq bilan qutladi va unga tuman hokimligining esdalik sovgʻalarini topshirdi.

— Qishloq xoʻjaligi tarmoqlariga ilm-fan yutuqlari, innovatsion gʻoyalar keng joriy etilayotgani oʻz samarasini bermoqda,-dedi tuman hokimi V. Nazarov. – Oʻtgan qisqa fursatda choʻl sharoitida fermerlarimiz yerdan ikki-uch hissa koʻproq hosil va daromad olishga erishyapti. Bu fermer xoʻjaligi aʼzolari ham rejani bajardi. Ammo hali oʻrilmagan gʻalla maydonlari bor. Dastlabki hisob-kitobga koʻra, xoʻjalik aʼzolari joriy yilda gʻalladan 350-400 million soʻm atrofida daromad olishi kutilyapti.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер