Hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi

16:53 30 Iyul 2025 Jamiyat
480 0

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat shahar va tumanlaridan, korxona va tashkilotlardan, mehnat jamoalaridan delegatlar qatnashdi.

Yigʻilishda Kengashning amaldagi rahbari Sayyora Fayziyevaning hisoboti eshitildi. Muhokamalarda soʻzga chiqqanlar Kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi tomonidan bajarilgan ishlar, mehnat munosabatlarini tartibga solishda uning oʻrni va ahamiyati ortib borayotgani, oʻz navbatida, galdagi muhim vazifalar borasida fikr yuritdi.

Konferensiyada yashirin ovoz berish yoʻli bilan Kengash raisi, uning oʻrinbosarlari saylovi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, Kengash tizimidagi yoʻnalishlar boʻyicha rahbarlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylandi.

Ovoz berish natijalariga koʻra, Fayziyeva Sayyora Mavlyanovna Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi.

Konferensiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Otabek ISROILOV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер