Hindistonda poyezdlarning toʻqnashuvi oqibatida kamida 50 kishi halok boʻldi
Illyustrativ foto
Hindistonning Odisha shtatida "Coromandel Express" yoʻlovchi poyezdi va yuk poyezdining toʻqnashuvi oqibatida kamida 179 kishi jarohatlandi, 50 kishi halok boʻldi. Bu haqda "Hindustan Times" nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, hodisa 2-iyun kuni, mahalliy vaqt bilan 19:20 atrofida Bahanaga bozori bekati yaqinida sodir boʻlgan. Qayd etilishicha, ayrim odamlar poyezdlar vayronalari ostida qolib ketgan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
"Bu qaygʻuli soatda mening fikrlarim ular bilan. Jabrlanganlar tezroq tuzalib ketsin", dedi siyosatchi. Modining qoʻshimcha qilishicha, u allaqachon masʼul idoralar rahbarlari bilan vaziyatni muhokama qilgan va voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilayotganini taʼkidlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring