Hindistonda koronavirusning «noyob» mutatsiyasi aniqlandi. U qanchalik xavfli?

17:19 24 Mart 2021 Dunyo
1196 0

Foto: Reuters

Hindistonda koronavirusning yana bir mutatsiyasi aniqlandi. Uning xavflilik darajasi oʻrganilmoqda.

Hindistonlik shifokorlar ikkita mutatsiyaga ega koronavirusning yangi turini aniqlashgan. Bu haqda «Reuters» axborot agentligi mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

“Koronavirusning bir qator boshqa shtammlari bilan birga mamlakatda yangi qoʻsh mutatsiya aniqlandi”, deyiladi bayonotda.

Hindiston hukumati ushbu mutatsiyalar ayrim shtatlarda yangi holatlarning tez surʼatlarda koʻpayishiga toʻgʻridan-toʻgʻri aloqasi borligi haqida xulosa qilish uchun yetarli maʼlumotlar toʻplanmaganini maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, soʻnggi sutkada Hindistonda koronavirus infeksiyasi asoratlaridan 275 kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu yil boshidan beri qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. Shuningdek, yana 47 262 kishida virus aniqlangan. Bu oʻtgan yilning noyabr oyining boshidan buyon qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkich boʻlib, mamlakatda ushbu infeksiya bilan zararlanganlarning jami soni 11,7 million kishiga yetgan. 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер