Hindistonda kislorod yetishmasligi sababli bir necha soat ichida koronavirusga chalingan oʻnlab bemorlar vafot etgan — OAV

01:58 25 Aprel 2021 Dunyo
1778 0

Juma kuni kechqurun Dehlidagi kasalxonalardan birida tibbiy kislorod yetishmasligi sababli koronavirus infeksiyasiga chalingan kamida 25 nafar bemor vafot etgan. Bu haqda Hindistonning “NDTV“ telekanali ushbu voqea yuz bergan ”Jaipur Golden Hospital” shifoxonasi bosh shifokoriga tayanib xabar bermoqda.

Bosh shifokor D. K. Balujaning aytishicha, kasalxona kutilganidek kechki 17:00 da emas, balki yarim tunda zarur boʻlgan kislorodni qabul qilingan va oʻsha vaqtga qadar 25 nafar bemor vafot etib boʻlgan.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, shifoxonada 200 dan ortiq odam ogʻir ahvolda va kislorod bilan taʼminlanish deyarli tugagan.

Oʻtgan kun davomida Hindistonda 346 ming nafardan ortiq odamda infeksiya aniqlandi. Bu mamlakatda pandemiya boshidan beri qayd etilgan rekord koʻrsatkich hisoblanadi.

Hozirda Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda bormoqda. Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda 16,6 milliondan ortiq infeksiyani yuqtirganlar qayd etilgan. 189,5 ming nafar bemor koronavirus asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер