Hindistonda ish beruvchilar tomonidan ekspluatatsiya qilingan oʻzbekistonlik ayol vataniga qaytarildi

13:16 16 Mart 2026 Jamiyat
179 0

Oʻzbekiston fuqarosi R.R. (ayol) hujjatlarini yoʻqotib qoʻyishi va ish beruvchilarning vijdonsiz xatti-harakatlari oqibatida qiyin ahvolda qolgan. Noqonuniy ekspluatatsiya xavfiga duch kelgan ayol yordam soʻrab mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasiga murojaat qilgan.

Diplomatik vakolatxona xodimlari zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot idoralari va migratsiya xizmatlari bilan aloqa oʻrnatib, fuqaroning Hindistonda boʻlish bilan bogʻliq huquqiy muammolarini hal etdi.

Natijada, elchixona koʻmagida zarur chiqish hujjatlari rasmiylashtirildi va vatandoshimiz 14-mart kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY424 reysi bilan Oʻzbekistonga sogʻ-omon qaytib keldi.

Oʻzbekistonning Hindistondagi diplomatik vakolatxonasi vatandoshlarni chet elga chiqishda hushyor boʻlishga, shubhali ish takliflariga ishonmaslikka va xorijiy mamlakat qonunchiligiga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер